Bank haqida

Bank haqida

UzAgroExportBank - dunyoning istalgan nuqtasida sizning ishonchli hamkoringiz

BOSH SAHIFAGA
"UzAgroExportBank" Bank haqida

"UzAgroExportBank" Bank haqida

Bank haqida ma'lumotlar

“UzAgroEksportBank” 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatimizda jadal rivojlanayotgan yosh bank hisoblanadi. Bugungi kunga qadar “UzAgroEksportBank”ning Toshkent shahrida 2 ta ofisi mavjud bo‘lib, mamlakatimizning boshqa shaharlarida ham bir qator filiallar ochishni rejalashtirganmiz. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda bankimiz katta salohiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasida mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytirish va mustahkamlash borasida, jumladan, meva-sabzavot mahsulotlari sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ko'rsatkichlar iqtisodiy o'zgarishlarning zamonaviy bosqichida muhim va dolzarb masaladir.

Ishlab chiqarishni rivojlantirish omili va milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun valyuta manbai sifatida eksportning ahamiyati sezilarli darajada oshdi va hozirgi vaqtda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining (YaIM) to‘rtdan bir qismi eksport orqali amalga oshirilmoqda.

Shuning uchun ham bizning asosiy maqsad va vazifalarimiz:

  • Bank mijozlariga agrosanoat mahsulotlarini, birinchi navbatda, meva-sabzavotlarni xalqaro bozorlarda ilgari surish strategiyalarini ishlab chiqishda yordam berish.
  • Agrosanoat sohasidagi tashkilotlarni moliyalashtirish va xorijiy hamkorlar bilan to’g’ridan-to’g’ri hamkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar resurslarini jalb qilish.

“UzAgroEksportBank”ning yagona aksiyadori

  1. 100% "Support Level" MCHJ XK
2019 yilda “O‘zagroeksportbank” banki tomonidan jami 65,90 milliard so‘mlik kreditlar ajratildi.
Jismoniy shaxs– 2,35 mlrd. so‘m, shundan:
Avtokredit – 254,508 mln.so‘m
Iste’mol krediti – 212,328 mln.so‘m
Ipoteka krediti – 1 537,90 mlrd
Mikrokredit – 297,0 mln.so‘m
Ta’lim krediti – 33,971 mln.so‘m

Yuridik shaxs – 63,0 mlrd.so‘m, shundan:
Qishloq xo‘jaligi – 42,80 mlrd.so‘m
Sanoat – 9,93 mlrd.so‘m
Aylanma mablag'larni to'ldirish - 1,6 mlrd.so'm
Boshqalar – 5,31 mlrd.so‘m

Mikrokredit – 444,0 mln.so‘m

Bank tomonidan barcha mavjud innovatsion bank xizmatlarini joriy etish, barcha segmentlarda (korporativ va chakana, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yirik mijozlari) mijozlar bazasini kengaytirish bo‘yicha keng ishlar amalga oshirilmoqda.

Barcha sa’y-harakatlar, ayniqsa, eksportga yo’naltirilgan tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi meva-sabzavot mahsulotlari eksport salohiyatini samarali va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yanada qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirishga qaratilmoqda.

Bankning bosh ofisi Toshkent shahrida, Nukus ko'chasi, 29-uy manzilida joylashgan.

 
 

 

 

Litsenziyalar

Joylashuv xaritasi