“O‘zagroeksportbank”da hisob-kitob va kassa xizmatlari maksimal darajada puxta va tezkor operatsiyalarga asoslangan. Bank milliy va xorijiy yetakchi kredit tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakillik aloqalariga ega. Bank mijozlarga hisob-kitob-kassa xizmatlarini ko‘rsatish sohasida faol ish olib bormoqda, mijozlar bazasini kengaytirishga, Bankda hisob-kitob hisobvaraqlariga ega bo‘lgan korxona va kompaniyalarga kengroq turdagi Bank mahsulotlarini taklif etishga katta e’tibor qaratmoqda.
“O‘zagroeksportbank” ATB yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun milliy va xorijiy valyutada hisob-kitob-kassa xizmatlarini ko‘rsatadi.
Hisob-kitob va kassa xizmatlari:
XIZMAT NOMI | NARXI |
---|---|
Talab qilingunga qadar depozit hisobi ochilishi | BEPUL |
Takroriy (ikkilamchi) hisobni ochish va Qayta ro'yxatga olish | BEPUL |
Texnik nosozlik, plastik karta yo'qolishi/ qo'shimcha kartani qayta chiqarish | "Talab qilingunga qadar" depozit hisobi yopilishi |
Ushbu Bankda kreditni to'lash uchun pul mablag'larini (debet aylanmasi) o'tkazish . | BEPUL |
Mijozning boshqa bankka o'tgan holatida mijoz hujjatlarini tayyorlash | BEPUL |
Mijozning hisobvarag'idan bankning boshqa filialida ochilgan boshqa hisob raqamiga pul mablag'larini o'tkazish | BEPUL |
Plastik karta va/yoki maxsus so‘m karta asosidagi hisobvarag‘i (keyingi o‘rinlarda “MSKAH” deb yuritiladi) bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida ma'lumotnoma berilishi. | BEPUL |
Byudjet tashkilotlari hisoblariga xizmat ko'rsatish | BEPUL |
Kichik tadbirkorlik sub'yektlari soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisobvaraqlardan to‘lov amalga oshirishi taqdirida xizmat ko‘rsatish | BEPUL |
Bir oyda hisoblarga xizmat ko'rsatish uchun abonentlik to'lovi | BEPUL |
Mijozlar hisoblari bo'yicha ko'chirma berilishi | BEPUL |
Hisobning holati to'g'risida ma'lumot berish yoki mijozning talabiga binoan tasdiqlash | 10% EKIH |
Mijoz so'rovi asosida ma'lumotlarni tayyorlash va jo'natish | 10% EKIH |