Ma'lumotlar uchun telefon

+99878 150 36 43

Ishonch telefoni

+99878 7777–286
Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish uchun ishonch telefoni +99878 7777–286 compliance@uaeb.uz
Korporativ xizmat

Korporativ xizmat

Dunyoning istalgan nuqtasida ishonchli hamkoringiz

BOSH SAHIFAGA

Korporativ xizmat

“O‘zagroeksportbank” ATB milliy va xorijiy valyutada to‘liq hisob-kitob va kassa xizmatlarini taqdim etadi. Hisob-kitob va kassa xizmatlari biznes jarayonlarining ishlashi uchun mustahkam asosdir. Hisob to‘lovlari mijozlarning manfaatlari va istagiga binoan tez va sifatli, qulay tarzda amalga oshiriladi. “O‘zagroeksportbank” ATB xodimlarining zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi va yuqori kasbiy mahorati xalqaro bank standartlariga mos keladi hamda hisob-kitob va kassa xizmatlarining eng yuqori sifatini ta’minlaydi. “O‘zagroeksportbank” ATB har doim mijozlar manfaatlaridan kelib chiqib, biznesning turli yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda individual yondashuvni, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni, shuningdek, xodimlari barcha zarur xizmatlarni, shu jumladan konsalting xizmatlarini taqdim etuvchi operatsiya zalida minimal vaqt sarflagan holda to‘lovlarni tezkor o’tkazishni kafolatlaydi.

Hisob-kitob operatsiyalari

“O‘zagroeksportbank” ATB yuridik mijozlar va xususiy tadbirkorlarga milliy va xorijiy valyutada hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek, barcha turdagi hisob-kitob va kassa xizmatlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari – yuridik shaxslarning milliy va xorijiy valyutalarida hisobvaraqlarini ochish va yuritish;
  • naqd pul mablag'lari inkassatsiyasi;
  • o‘zbek so‘mida va xorijiy valyutada naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  • naqdsiz xorijiy valyutani konvertatsiya qilish (xarid qilish/sotish).;
  • "Internet Bank" masofaviy bank xizmati tizimlaridan foydalangan holda hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirish
  • individual xizmat ko'rsatish va maslahat berish xizmati;
  • kassa xizmati;