Korporativ bank kartasi - bu tovarlar yoki xizmatlarni sotib olish uchun naqd pulsiz to'lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi karta.
Asosiy talab qilinadigan hujjatlar:
- Yozma murojaat;
- Korxona/Tashkilotning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma;
- Korporativ kartadan foydalanish uchun mas'ul xodim tayinlanishi to'g'risidagi buyruqning nusxasi;
- Mas'ul xodim va Korxona/Tashkilot o'rtasida tuzilgan moddiy javobgarlik to'g'risidagi shartnomaning nusxasi;
- Korporativ karta uchun mas'ul shaxs pasport nusxasi;
- Korporativ bank kartasidan foydalanish bo'yicha shartnoma tuzish;
- Korporativ kartani olish uchun mas'ul xodim nomiga ishonchnoma.
Korporativ plastik kartalarini qo'llash yo'nalishlari:
- Yoqilg'i moyi xaridi;
- Ish safarlari uchun xarajatlar;
- Kundalik foydalanish uchun kanselyariya mahsulotlari xaridi;
- Ikki tomonlama shartnomalar asosida yuridik shaxs faoliyati bilan bog'liq boshqa xaridlar.
Korporativ plastik kartochkalar korxonaning moddiy javobgar shaxslari nomiga ochiladi va yuridik shaxsning hisob raqamiga biriktiriladi. To'lov tizimlarining qoidalariga ko'ra, korporativ karta muayyan shaxs nomiga ochiladi. Mazkur kartaning hisobvarag'i yuridik shaxsning rezidentligidan qat'iy nazar, faqat so’m kartasi bo'lishi mumkin. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni ushbu karta hisobiga o'tkazib bo'lmaydi. Korporativ plastik kartadan naqd pul yechib olish mumkin emas.