Ma'lumotlar uchun telefon

+99878 150 36 43

Ishonch telefoni

+99878 7777–286
Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish uchun ishonch telefoni +99878 7777–286 compliance@uaeb.uz
Korporativ xizmat

Korporativ xizmat

Dunyoning istalgan nuqtasida ishonchli hamkoringiz

BOSH SAHIFAGA

Ish haqi loyihasi

Ish haqi loyihasi – “O‘zagroeksportbank” ATB tomonidan turli tashkilotlarga (yuridik shaxslarga) xodimlarga ish haqini naqd pulsiz shaklda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatdir.

Ish haqi loyihasi afzalliklari

  1. Kompaniya uchun:
    • Naqd pul aylanmasining kamayishi hisobiga kassa operatsiyalari hajmi sezilarli darajada kamayadi;
    • Ish haqi barcha xodimlarga, ularning joylashgan joyidan (ta'til, xizmat safari, hududiy filial) qat'iy nazar, o'z vaqtida hisoblab chiqiladi;
    • Inkassatsiyaga xarajatlar kamayadi;
    • Buxgalteriya hisobi yengillashtiriladi;
    • Xodimlarning ish haqini olishlari uchun ish vaqtini yo'qotishi kamayadi;
    • To‘lov hujjatlarini qayta ishlash, shuningdek, ish haqini hisoblash va berishning maxfiyligini ta’minlash xavfsizligi va nazorati kuchaytirildi.
  2. Xodimlar uchun:
    • Ish haqini o'z vaqtida olish;
    • Tovarlar va xizmatlar uchun naqdsiz to'lov imkoniyati;
    • Pul mablag'lari xavfsizligi va butunligi
    • Karta bo'yicha operatsiyalarni va hisob-kitoblar holatini nazorat qilish;

Ish haqi loyihasi uchun plastik kartalarni olish uchun ro'yxatdan o'tkazish:

  1. Yozma murojaat;
  2. Xodimlarning tasdiqlangan ro'yxati;
  3. Har bir xodimdan quyidagilar talab etiladi: Hisob raqam ochish uchun ariza, pasport nusxasi, shuningdek, plastik kartadan foydalanish bo'yicha bank bilan shartnoma tuzish;
  4. Ish haqi loyihasini amalga oshirish uchun bank bilan shartnoma tuzish.;

Ish haqi loyihasiga xizmat ko'rsatish bo'yicha bank xizmatlari

  • Plastik kartochka chiqarilishi - bepul;
  • Ish haqini plastik kartaga o‘tkazish (byudjet tashkilotlariga ajratiladigan mablag‘lar, pensiya va stipendiyalar bundan mustasno) – shartnoma asosida.