Ma'lumotlar uchun telefon

+99878 150 36 43

Ishonch telefoni

+99878 7777–286
Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish uchun ishonch telefoni +99878 7777–286 compliance@uaeb.uz
Kreditlar

Kreditlar

AVO bank - Tezkor, xavfsiz, ikkita klik yetarli

BOSH SAHIFAGA

Avtomobil uchun kreditlar

  • kreditning minimal summasi

    avtomobil narxi

  • kredit summasi

    3 yilgacha

Umumiy ma'lumot

Bank avtomobil sotib olish uchun avtokredit deb ataladigan maqsadli miqdorni taqdim etadi. Qoidalarga ko'ra, uni boshqa hech narsaga sarflash mumkin emas, odatda, olingan mablag'lar qarz oluvchiga berilmaydi, balki sotuvchining joriy hisob raqamiga bevosita, ya'ni siz xizmatlaridan foydalanishga qaror qilgan avtosalonga o'tkaziladi.

Avtokredit Afzalliklari

Avtokredit Afzalliklari

  • Bugungi kunda avtokreditni rasmiylashtirish uchun takliflari har tomondan kelib tushmoqda. Shu kunlarda aksariyat kishilarning ko'zlari takliflarning ko’pligidan o’ynab, tarqab ketayotgani ajab emas. Avtokreditning asosiy afzalligi – hamyoningizga to’g’ri keladigan emas, balki sizga yoqadigan avtomobilni sotib olish imkoniyatidir. Bu afzallik boshqalarni ham o’zining ketidan tortadi.
  • Ilgari, mashina sotib olish uchun unga pul yig’ish kerak edi. Bu asta-sekin sodir bo'lar edi, inflyatsiya ham yig'ilgan mablag’larni ayamas edi. Mablag’larni yig’ish varianti ma'lum holatlarda ijobiy bo'lsa-da, biroq avtomobil "shu yerning o’zida va hoziroq" kerak bo'lganda, u hech bir raqobatga chiday olmaydi.

Ustav fondi to‘liq shakllanmaganligi sababli depozit operatsiyalari va jismoniy shaxslarga kredit berish to‘xtatildi.

AVO bank shartlari 

Transport vositasini sotib olishga qaror qildingizu, ammo orzuingizdagi mashina uchun pul yetishmayaptimi? U holda eng oqilona yo’l - bu avtokredit olish. Ayni paytda biz Sizga quyidagi shartlarda avtokredit taqdim etishga tayyormiz:

  • Kredit muddati 


    3 yilgacha
  • Kreditning maksimal summasi


    Mashinaning narxidan 70%
  • Yillik foiz stavkasi


    32%

Rasmiylashtirish tafsilotlari

  • Kreditni olish uchun Ariza;
  • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi va yashash joyini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • So’nggi 12 oy davomida asosiy ish joyidan daromadlar to'g'risidagi ma'lumotnoma yoki STIR va INPS raqami ko'rsatilgan qarz oluvchining daromadini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • qarz oluvchi va rasmiy diler o'rtasida tuzilgan avtomobilni oldi-sotdi shartnomasi
  • kredit garovi bo'yicha hujjatlar
  • Mablag'lar rasmiy diler - yuridik shaxsning bank hisob raqamiga o'tkaziladi.
Mablag'lar rasmiy diler - yuridik shaxsning bank hisob raqamiga o'tkaziladi.