Bank kafolati xalqaro faoliyatda ham, O‘zbekiston Respublikasi hududida ham qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan universal vositadir. Kafolatdan tovarlarni import qiluvchi korxonalar ham, eksport qiluvchilar ham foydalanishlari mumkin.
Bank kafolati - kafilning benefitsiarning talabiga binoan ko'rsatilgan majburiyat shartlariga muvofiq pul miqdorini to'lash bo'yicha yozma majburiyati.
AVO bank ATB afzalliklari:
- Mazkur mahsulot bilan uzoq ishlash muddati;
- Tajribali va malakali xodimlar;
Valyuta kafolatlari:Kafolatlar AQSh dollarlarida taqdim etilishi mumkin
Kafolat miqdori: Tender hujjatlari, kontrakt shartlari, qonunchilik talablari asosida aniqlanadi.
Mahsulot narxi: Kafolat berish uchun komissiya miqdori Bankning Kredit Qo‘mitasi qarori bilan belgilanadi
Kafolat muddati: Tender hujjatlari, kontrakt shartlari, qonuniy talablar asosida belgilanadi..
Komissiya to'lash tartibi: Berilgan kafolat uchun komissiya to'lash tartibi tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Kafolat ta'minoti: garovga qo'yuvchiga mulk huquqida tegishli bo'lgan ko'char va ko'chmas mulk (muomaladagi tovarlar, asbob-uskunalar va boshqa asosiy vositalar, transport vositalari, binolar, inshootlar va boshqalar), pul mablag'larining kafolatli depoziti, yuridik shaxsning kafilligi; uchinchi shaxsning mol-mulkini garovga qo'yish.
Qo'shimcha ma'lumotlar: Kafolatlar, odatda, Bank mijozlariga ularning moliyaviy holati va huquqiy layoqatini baholashni hisobga olgan holda taqdim etiladi.
Bank kafolati balansi likvid bo‘lmagan, kreditorlik qarzlari mavjud bo‘lgan, oxirgi 3 yildagi moliyaviy ahvolni baholashda salbiy auditorlik xulosasiga ega va kredit tarixi salbiy bo‘lgan korxonalarga berilmaydi.