“O‘zagroeksportbank” ATB o‘z mijozlariga tashqi iqtisodiy faoliyatni (TIF) amalga oshirishda keng bank xizmatlarini ko‘rsatadi, bank mijozlariga xalqaro hisob-kitoblarda valyuta nazorati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlashuv ishlarini yuritadi, shartnoma tuzilgan paytdan boshlab uning joriy etilguniga qadar barcha bosqichlarda operatsiyalarni ishonchli qo‘llab-quvvatlaydi.
“O‘zagroeksportbank” ATB bank mijozlarining to‘lov topshiriqlarini tezkorlik bilan bajarish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxini pasaytirish maqsadida xalqaro hisob-kitoblarning maqbul sxemalarini qo‘llagan holda xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
“O‘zagroeksportbank” ATBning yuqori malakali mutaxassislari bank mijozlariga operatsiyalarining istalgan bosqichida bepul maslahatlar beradi. Ishda malakali mutaxassislarning tavsiyalaridan foydalanish Bank mijozlariga valyutani tartibga solish normalariga mos keladigan shartlarda shartnomalar tuzish imkonini beradi. “O‘zagroeksportbank” ATBning yuqori malakali mutaxassislari bank mijozlariga pul o‘tkazmalarining istalgan bosqichida bepul maslahatlar beradi. Ishda malakali mutaxassislarning tavsiyalaridan foydalanish Bank mijozlariga valyutani tartibga solish normalariga mos keladigan shartlarda shartnomalar tuzish imkonini beradi.
“O‘zagroeksportbank” ATB o‘z vaqtida va imkon qadar qisqa muddatlarda xorijiy valyutada hisob-kitoblarni amalga oshiradi:
- Kontragentlardan olingan mijozlarning hisob raqamlariga daromadlarni o'tkazadi;
- TIF bo‘yicha hisob-kitoblar uchun mijozning hisobvaraqlaridagi mablag‘larni hisobdan chiqaradi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida hisob-kitoblarni amalga oshiradi.