Matbuot markazi

Matbuot markazi

Tezlik, axborot shaffofligi, professionallik

Yangiliklarga

Prezident murojaatnomasining targʼiboti.

“O`zagroeksportbank” ATB Bosh ofisida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun –mohiyati targ`ibotiga bag`ishlanib tadbir bo`lib o`tdi.

Mazkur tadbirda O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o`qituvchisi Axmedov Olim ma`ruza qildi. Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda tijorat banklarining hissasi katta. Shu bois Prezidentimiz Murojaatnomasida ham bank-moliya tizimidagi islohotlarga alohida urg‘u berilib, bank xizmatlarini transformasiya qilish maqsadida bir qator aniq vazifalar belgilab, soha xodimlari zimmasiga qator ustuvor vazifalar yuklatildi.

Xususan, joriy yildan banklararo valyuta bozori onlayn tizimga oʼtkaziladi va tadbirkorlarga valyutani bevosita bankning o‘zidan sotib olish uchun imkoniyat yaratiladi. Natijada tadbirkorlar valyutani hozirgidek 4 kunda emas, yarim soatda sotib olishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, 2021-yilda inflyatsiyaviy targetlash doirasida narx-navo o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik Markaziy bank va Hukumatning asosiy vazifasi bo‘ladi. Bu borada global pandemiya oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor tasdiqladi.

Bundan tashqari banklar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish e`tibor markazida bo`ladi.

Qizg`in bahs-munozaralarga boy bo`lib o`tgan tadbir yakunida ma`ruzachi bank xodimlarining barcha savollariga batafsil javob berdi.