
“O‘zagroeksportbank” Aksiyadorlik tijorat banki barcha aziz xonimalarni eng yorqin bahor ayyomi – 8-mart bilan samimiy muborakbod etadi.
Ushbu bahor bayrami sizga quvonch, yaqinlaringizning mehr-murruvati, atrofdagilarning e'tibori va g'amxo'rligini olib kelsin. Sizlarning hamisha tushunchali bo’lib, bizni qo'llab-quvvatlab kelayotganingiz, donoligingiz va muloyimligingiz, atrofni oliyjanob va mehribon qilish kabi noyob qobiliyatingiz uchun sizga alohida minnatdormiz.
Ushbu bahor kunida Sizga tabassum, ajoyib bayram kayfiyati, oilaviy baxt-farovonlik, Siz va yaqinlaringizga sog'liq tilaymiz!
Har zamon maftunkor, nazokatli va sevimli bo'lib qoling!
“O‘zagroeksportbank” ATB Kuzatuv kengashi