
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2021 yil 20 mayda e’lon qilingan “O‘zagroeksportbank” ATB va “Poytaxt bank” AJ (keyingi o‘rinlarda “Banklar” deb yuritiladi) ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risidagi e’loniga muvofiq, sotish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi.
2021 yil 5 iyulga qadar “Poytaxt bank” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini olishga 3 nafar, “O‘zagroeksportbank” ustav kapitalidagi davlat ulushini olishga 4 nafar arizachi qiziqish bildirgan.
Barcha ishtirokchilar sotuvga qo‘yilgan dastlabki saralash talablariga javob berishlari aniqlanib, keyingi bosqichga o’tkazildi.
Ushbu bosqichda ariza beruvchilar bilan axborotni oshkor qilmaslik to'g'risidagi tegishli bitimlar (NDA) imzolanadi va ularga banklar to'g'risidagi qo'shimcha ma'lumotlar, jumladan, ma'lumot memorandumi, moliyaviy hisobotlar, Banklar faoliyatining huquqiy va soliq jihatlarini o'rganish natijalari bo'yicha hisobotlar taqdim etiladi.
Deloitte va Grant Thornton xalqaro konsalting kompaniyalari banklarning ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish bo‘yicha maslahatchilar sifatida jalb etilganligini ma’lum qilamiz.