Ma'lumotlar uchun telefon

+99878 150 36 43

Ishonch telefoni

+99878 7777–286
Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish uchun ishonch telefoni +99878 7777–286 compliance@uaeb.uz
Matbuot markazi

Matbuot markazi

Tezlik, axborot shaffofligi, professionallik

Yangiliklarga

“O‘zagroeksportbank” ATB ustav kapitalini oshirish

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zagroeksportbank” ATB kapital yetarlilik talablariga javob bermayotgani qayd etilgan.

“O‘zagroeksportbank” ATB Gazeta.uz saytining 2023-yil 2-iyundagi maqolasiga javoban, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotgani va ustav kapitaliga mablag‘ kiritganligi haqida xabar beradi. Ayni paytda bankning ustav kapitali “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun talablariga javob beradi va 105 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun talablariga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab banklarning ustav kapitalining eng kam miqdori 200 milliard so‘mni tashkil qilishi kerak.

“O‘zagroeksportbank” ATB 2023-yil 1-sentyabrga qadar qo‘shimcha aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ustav kapitalini navbatdagi ko‘paytirishni amalga oshiradi va ustav kapitalini 200 milliard so‘mgacha oshiradi.

Omonatchilarning barcha omonatlari va mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi omonatlarni kafolatlash Jamg‘armasi tomonidan himoyalangan va sug‘urtalangan bo‘lib qoladi.